Pasportga kredit olish rasmiylashtirish uchun quyidagilar zarur:
Smartfoningizga Korona (7+) mobil ilovasini yuklab oling va ro‘yxatdan o‘ting.
«Qarzlar» bo‘limida ariza yuboring: tug‘ilgan sanangizni, O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasporti yoki ID-karta ma’lumotlarini kiriting va yuzingizni suratga oling.
Ariza bo‘yicha qarorni kuting — ma’lumot ilovada ko‘rsatiladi.
Ariza ma’qullangan taqdirda, shartnomaning individual shartlarini onlayn imzolang va mablag‘ni O‘zbekiston banki tomonidan berilgan bank kartangizga ilova orqali oling.
Mikroqarz olish shartlari Korona (7+) mobil ilovasida yoki «KORONA» MMT MCHJ QK rasmiy saytining «Hujjatlar» bo‘limida keltirilgan.
Pasportga kredit olish: qiyin vaziyatlarda tezkor yechim
Ba’zida pul aynan kerak bo‘lgan paytda yetmay qoladi. Telefon buziladi, kutilmagan xarajat chiqadi yoki oylikkacha yana kutish kerak bo‘ladi. Shunday vaziyatlarda odam uzoq kutishni emas, tez va tushunarli yechim topishni istaydi. Shu sabab bugun pasport bo‘yicha qarz rasmiylashtirish xizmatlari tobora ommalashmoqda.
Oldin mikroqarz so‘rash uchun bank filialiga borish, hujjatlar yig‘ish va uzoq kutish kerak bo‘lardi. Hozir esa ko‘p jarayonlar onlayn ishlaydi. Ayrim hollarda ariza yuborish uchun telefon va internetning o‘zi kifoya. Keling, qanday qilib pasportga kredit olish mumkinligi va uning qanday qulay tomonlari borligini ko‘rib chiqamiz.
Pasport bo‘yicha mikroqarz olish tartibi
Bugungi kunda O‘zbekistonda ko‘plab xizmatlarda, masalan Korona’da, faqat pasport bo‘yicha mikroqarz olish mumkin. Jarayon sodda va quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
- 1
Korona mobil ilovasiga kirish;
- 2
Ariza rasmiylashtirish: pasport yoki ID-karta ma’lumotlarini kiritish va selfiga tushish;
- 3
Arina tasdiqlanishini kutish.
- 4
Mikrokredit tasdiqlangandan keyin pul soniyalar ichida bank kartasiga tushiriladi.
Pasport bo‘yicha qarz olish uchun talablar
Ba’zi tashkilotlarda kredit olish pasportga asoslangan bo‘lsa-da, qarz oluvchilar uchun standart talablar mavjud. Onlayn mikrokreditlar O‘zbekistonning barcha hududlaridagi rezidentlar uchun ochiq. Asosiysi, foydalanuvchi moliyaviy mas’uliyatni his qilishi va belgilangan shartlarga javob berishi lozim. Xizmatdan quyidagi shaxslar foydalanishi mumkin:
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari;
18 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan shaxslar;
Doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan jismoniy shaxslar.
Pasport bo‘yicha qarz olish afzalliklari
Faqat pasport bo‘yicha mikroqarz xizmati oddiy shartlari va tezkorligi tufayli bugungi kunda eng ommabop moliyaviy yechimga aylandi. Uning asosiy qulayliklari quyidagilardan iborat:
Pulni uydan chiqmasdan, istalgan maqsadlar uchun so‘rashingiz mumkin;
Sizdan kafil yoki biror mulkni garovga qo‘yish talab qilinmaydi, bu esa ortiqcha hujjatbozlikka chek qo‘yadi;
Pul to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank kartangizga kelib tushadi va undan shu paytdayoq foydalanishingiz mumkin bo‘ladi.
Qarz olishda muhim omillar
Har qanday moliyaviy xizmatdan foydalanishda ehtiyotkorlik va mas’uliyat bilan yondashish juda muhim hisoblanadi. Shuning uchun pasportga kredit olish uchun ariza yuborishdan oldin pasport ma’lumotlarini diqqat bilan tekshirib chiqish, shaxsiy va faol telefon raqamidan foydalanish hamda to‘lov muddatlarini oldindan ko‘rib chiqish lozim. Shuningdek, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida faqatgina rasmiy mobil ilovalar orqali ish yuritish tavsiya etiladi.
Xulosa
Bugungi kunda pasport bilan qarzni ilovada ro‘yxatga olish jarayoni ancha sodda bo‘lib qolgan. Endi ko‘plab ma’lumotnomalar yig‘ish, kafil yoki garovga mulk izlash o‘rniga shunchaki Korona ilovasini o‘rnatib, faqat pasport yordamida istalgan maqsadlar uchun tezkor kredit olishingiz mumkin. Bunday imkoniyat nafaqat vaqtingizni tejashga, balki shoshilinch muammolarni tez va samarali hal qilishga yordam beradi.