Shoshilinch mikroqarz rasmiylashtirish uchun quyidagilar zarur:
Smartfoningizga Korona (7+) mobil ilovasini yuklab oling va ro‘yxatdan o‘ting.
«Qarzlar» bo‘limida ariza yuboring: tug‘ilgan sanangizni, O‘zbekiston Respublikasi biometrik pasporti yoki ID-karta ma’lumotlarini kiriting va yuzingizni suratga oling.
Ariza bo‘yicha qarorni kuting — ma’lumot ilovada ko‘rsatiladi.
Ariza ma’qullangan taqdirda, shartnomaning individual shartlarini onlayn imzolang va mablag‘ni O‘zbekiston banki tomonidan berilgan bank kartangizga ilova orqali oling.
Mikroqarz olish shartlari Korona (7+) mobil ilovasida yoki «KORONA» MMT MCHJ QK rasmiy saytining «Hujjatlar» bo‘limida keltirilgan.
Tezkor onlayn-mikroqarz: qanday olish mumkin?
Har birimizning hayotimizda zudlik bilan hal qilinishi kerak bo‘lgan kutilmagan xarajatlar chiqib qolishi mumkin. Mashinaning to‘satdan buzilishi, uydagi maishiy texnika nosozligi yoki sog‘liqni tiklash bilan bog‘liq shoshilinch holatlar — bularning barchasi qo‘shimcha mablag‘ talab qiladi. Bunday vaziyatda vaqt eng muhim omilga aylanadi va an’anaviy banklarga borishga shunchaki imkon bo‘lmaydi. Shunday vaziyatlarda atigi 15 daqiqada mikrokredit olish imkoniyati muammoni ortiqcha qiyinchiliksiz va asabiylashishlarsiz yechish imkonini beradi.
Tezkor mikroqarz o‘zi nima?
Zudlik bilan pul topish kerak bo‘lganda, ko‘pchilik yaqinlaridan qarz so‘rashga tortinadi, banklarda kunlab hujjat yig‘ishga esa vaqt yetmaydi. Aynan shunday paytda mikroqarz tezkor va xavfsiz chora sifatida yordamga keladi. Ushbu qulay onlayn xizmat turi aynan kutilmagan ehtiyojlarni tezda qoplash uchun yaratilgan bo‘lib, butun jarayon ortiqcha savol-javoblarsiz va qog‘ozbozliklarsiz kechadi.
Uning quyidagi masalalarni qisqa muddatda hal etish mumkin:
Avtomobil yoki texnikalarni zudlik bilan ta'mirlash;
Oylik tushguncha kutilmagan xarajatlarni qoplash;
Kundalik ehtiyojlar uchun zarur bo‘lgan shoshilinch qarzlar;
Tibbiy xizmatlar yoki dori-darmonlar uchun shoshilinch to‘lovlar.
Mikroqarzdan kimlar foydalanishi mumkin?
Zamonaviy texnologiyalar tufayli shaxsiy kartaga mikroqarz puli tezda yetib borishi ta'minlanadi va buning uchun minimal talablar qo‘yiladi. Xizmat foydalanuvchilarning vaqtini chin dildan qadrlaydi, shu sababli bu yerda murakkab shartlar yoki uzoq tekshiruvlar yo‘q.
Asosiy talablar juda oddiy:
- 1
O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lish;
- 2
Arizachining yoshi 18 dan 65 yoshgacha bo‘lishi;
- 3
Doimiy va barqaror daromad manbaiga ega bo‘lish.
Eng muhimi — mikrokredit rasmiylashtirish uchun sizdan hech qanday garov mulki, kafillik shartnomalari yoki ish joyidan daromad varaqasini yuklash talab etilmaydi.
Qanday qilib masofadan turib bir necha daqiqada qarz olish mumkin?
Korona ilovasida kartaga mikroqarzni tezda olish uchun:
Smartfoningizga Korona mobil ilovasini bepul o‘rnating;
Telefon raqamingizni kiritib, tizimga kiring;
Ism-familiya, tug‘ilgan sana hamda pasport yoki ID-karta ma’lumotlarini ko‘rsating va ariza yuboring;
Maxsus kalkulyator yordamida o‘zingizga qulay pul miqdorini va qaytarish muddatini tanlang;
Mablag‘ kelib tushishi uchun o‘zingizning faol Uzcard yoki Humo kartangizni ulang.
Xulosa o‘rnida
Bugungi kunda biz ko‘pgina ishlarni uydan chiqmay turib, shunchaki smartfon orqali hal qilishga o‘rganib qolganmiz. Shuning uchun ham Korona tezkor onlayn mikroqarz tizimi to‘liq raqamlashtirilgan bo‘lib, sizga 24/7 tartibda tez xizmat ko‘rsatishga mo‘ljallangan.
Yana bir yaxshi tomoni, ilovani o‘rnatishdan, arizangiz tasdiqlanib mikrokredit olguningizcha atigi 15 daqiqa kifoya qiladi. Pul to‘g‘ridan-to‘g‘ri shaxsiy bank kartangizga o‘tkazib beriladi. Bu yoshi va daromadi rasmiyligidan qat'i nazar, hamma uchun tushunarli bo‘lgan eng qulay yechimdir.